O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
O‘zbekiston boks federatsiyasi Umar Kremlyov rahbarligidagi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu qaror IBA a’zosi bo‘lgan milliy federatsiyalar vakillariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlangani bilan bog‘liq.
O‘zbekiston boks federatsiyasi Umar Kremlyov rahbarligidagi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar qilgan.
World Boxing O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan va shu tariqa, tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar soni 55 taga yetgan.
3 noyabr kuni AQShning Kolorado shtati Pueblo shahrida jahon boks federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida O‘zbekiston va yana uch mamlakat tashkilot a’zosiga aylangani e’lon qilingan.
«O‘zbekiston va Qozog‘iston singari yetakchi boks mamlakatlari World Boxing a’zosiga aylangani ulkan voqelik bo‘lib, Osiyoda hali 13 ta a’zo mamlakatga ega yangi tashkil etilgan xalqaro federatsiyaning qit’adagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi», - deyiladi bayonotda.
Tashkilot xabarida O‘zbekiston so‘nggi Parij Olimpiadasi boks bahslarida 5 ta oldin medal bilan jamoaviy reytingda birinchi o‘rinni egallagani e’tirof etilgan.
O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu ma’lumotni hali rasman tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasidan oldin Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) a’zo bo‘lgan milliy federatsiyalar sportchilariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqlagandi.
«Boks 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlarining sport dasturiga kiritilmagan. XOQ boks bo‘yicha bunday olimpiya musobaqasini boshqa o‘tkaza olmasligini ma’lum qildi. Buni bartaraf qilish uchun Olimpiada boksi ishonchli va yaxshi boshqariladigan xalqaro federatsiya tomonidan tashkil qilinishi kerak. Milliy federatsiyasi IBA a’zosi bo‘lgan har qanday bokschi 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. MOQ ishonchli hamkor tashkilotisiz boksni Olimpiya o‘yinlarida tashkil etmaydi. Milliy federatsiyalar ularning bokschilari Olimpiya medaliga ega chiqishni istasa, unda ishonchli, barcha talabga javob bera oladigan, yaxshi boshqaruvga ega xalqaro federatsiya atrofida birlashishsin», - degandi MOQ prezidenti Tomas Bax.
Ma’lumot uchun, Parij-2024 boks bahslarida yetakchi bo‘lgan O‘zbekiston va yana bir qator mamlakatlar ushbu tashkilot a’zosi sanalardi. XOQ qarori esa O‘zbekiston boks federatsiyasini bu boradagi qiyin tanlov oldida qoldirdi va yakunda O‘BF World Boxing a’zosi bo‘lishni tanladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda sammit o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim OTM va texnikumlarga qisqa ta’til berildi
Jamiyat | 10:26
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
Mavzuga oid

14:34 / 22.03.2025
Afsonaviy bokschi Jorj Formen vafot etdi

15:28 / 20.03.2025
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

21:28 / 17.03.2025
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin

17:43 / 10.03.2025