Ikkinçi örta vazn toifasidagi özbekistonlik professional boksçi Bektemir Meliqöziyev (15-1, 10 KO) amerikalik Devid Stivens (14-2, 10 KO)ga qarşi çempionlik kamari uçun saralaş jangini ötkazdi. 

Stivens Meliqöziyevga tezlik borasida yeta olmadi. Özbekistonlik boksçi öz uslubida raqibning tana qismiga tajovuzkorlik bilan hujum uyuştirdi va yaqin masofadan kross zarbalar berişga tayandi. Raqib buni oldindan körib turişi mumkin bölsa ham zarbalarni ötkazib yubordi. U nisbatan sust harakatlandi.

Stivens ba’zida jyeb zarbalar yölladi. U hatto jang favoritining burniga kuçli zarba yöllab, uni köproq oyoqda işlaşga majbur qildi. Jang örtalariga borib Meliqöziyev çarçagandek körindi va nafas olişda qiynala boşladi, ğalati qarorlar qabul qila boşladi. Masalan, örta masofada zarbalar almaşuviga rozi böldi. Şu tufayli jang teng köriniş oldi.

Keyin yana raqib korpus qismiga zarbalar berişga kirişdi. Uning yuzi bejalgandi, ammo texnikadagi ustunlik, manyovr qiliş qobiliyati va raqibini burçakka taqib qöyişi jangi ğalabaga olib borişni ta’minladi. Stivens esa oldingi raundlardagi korpusga muvaffaqiyatli zarbalarini takrorlay olmadi. Amerikalik hakamlarning kartalaridagi oçkolarga köra ortda borayotganini tuşunib turgan holda va-bankka borişi talab etilardi, ammo u bunday qilmadi.

Ön ikki raund töliq davom etgan murosasiz jangda Meliqöziyev hakamlarning farqli qarori bilan oçkolar hisobiga köra (118-110, 117-111, 112-116).

 Foto: Cris Esqueda / Golden Boy

Endi u ikkinçi örta vazn toifasida WBA çempionlik kamari uçun rasmiy va majburiy da’vogarga aylandi. 

Bu Bektemir Meliqöziyevning faoliyatidagi 15-ğalabasi böldi.