National Interest Rossiyaning “eng qirg‘inbarot” 4 qurol turini ma'lum qildi
AQShning The National Interest nashrining yozishicha, T-72B3 va T-90 tanklari, “Smerch” raketa-zenit tizimi, “Iskander” raketa va S-400 zenit-raketa majmualari Rossiyaning “NATO to‘qnash kelishni istamaydigan” “qirg‘inbarot” qurol turlari hisoblanadi.
Maqola muallifining fikricha, bu qurol turlari Rossiya armiyasining harbiy imkoniyatlarini aks ettiradi.
Muallifning ta'kidlashicha, T-72B3 va T-90AS tanklari tanklarga qarshi quroldan yaxshi himoyaga, takomillashtirilgan qurol, teplovizor va o‘q-doriga ega, bu esa qisqa masofalardagi janglarda g‘arb davlatlari jangovar tanklarini yo‘q qilishda ustunlik beradi. Bu tanklarning asosiy ustunligi “raqobatchilari”dan ancha yengilligi hisoblanadi. Bu esa ularga raqibning og‘ir tanklaridan ko‘ra tezroq harakatlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga, g‘arb davlatlari tanklari aniqlash priborlari va o‘t ochishni boshqarish tizimlarida hamon ustunlikka ega.
Shuningdek, 300 mmli kalibrga ega BM-30 “Smerch” yalpi o‘t ochish tizimi ham muallifning e'tiborini tortgan. Ta'kidlanishicha, bu tizim Rossiya artilleriyasining qirg‘inbarot ta'siriga misol hisoblanadi. Tizim 12 ta raketa bilan qurollangan bo‘lib, 100 kmgacha masofada raqibni “yalpi o‘t ochish” bilan yo‘q qilishi mumkin.
Muallifning yozishicha, “Iskander” tizimlari parvoz tezligi va aniqligi bo‘yicha avvalgi tizimlardan ustunroq, raketaga qarshi mudofaa tizimlariga chap bera oladi va 680 kilogrammlik “dahshatli” jangovar kallakka ega. Tizim 500 kmgacha masofadagi raqibni yo‘q qilishga imkon beradi.
Nashrning ta'kidlashicha, Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaasi taraqqiyotining cho‘qqisi S-400 “Triumf” majmualari hisoblanadi. Bu majmua bir nechta radar, qo‘mondonlik punkti va pusk qurilmalaridan tashkil topgan. Majmua ular yordamida bir vaqtda 400 kmgacha masofadagi 36 ta samolyotni kuzatib, ularga hujum qila oladi.
Suriya va Kaliningradda o‘rnatilgan bunday batareyalar Turkiya, Kipr, Polsha va Germaniya aviabazalari ustidagi havo hududini nazorat qila oladi.
Mavzuga oid
19:21
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024