Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Meyning ittifoqchilari Brexit bo‘yicha ikkinchi referendumni tayyorlashmoqda
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ittifoqchilari Yevropa ittifoqidan chiqish bo‘yicha ikkinchi referendumni tayyorlashmoqda. Bu haqda Daily Express xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yangi saylov berish jarayonining o‘tkazilishidan biznes ishlari bo‘yicha vazir Greg Klark, adliya vaziri Devid Gauke, shuningdek, mehnat va pensiyalar vaziri Ember Radd manfaatdor bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, yangi ovoz berish jarayonida Britaniyaning Yevropa ittifoqida qolishi varianti umuman ko‘rib chiqilmaydi.
Bundan tashqari, kutilishicha, vazirlar Brexit bo‘yicha parlamentdagi ovoz berishni boshqa muddatga ko‘chirish taklifi bilan chiqishadi, sababi ular parlamentariylar Meyning rejasini qabul qilmasligidan xavotirda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha kelishuvni parlamentdan qanday olib o‘tishi aytilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021