Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi mashhur “kenguru-bodibilder” qarilik sabab jon berdi
Avstraliyaning “Elis-Springs” qo‘riqxonasida butun dunyoga o‘zining “vahimali” o‘lchamlari va aqlbovar qilmas kuchi bilan tanilgan kenguru Rojyer hayotining 13-yilida jon berdi. Avstraliya hukumati kenguruning xotirasini yod etib, uni Yashil qit'aning ramzlaridan biri deb atagan.
Atletlarga xos gavdaga ega bo‘lgan Rojyer bir necha yillar davomida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun kumir va bodibilding ixlosmandlari uchun mem bo‘lib kelgan.
Kenguru baquvvat mushaklari evaziga dastlab qo‘riqxona yulduziga aylangan. Uning bo‘yi 2 metrdan, vazni esa 90 kgdan oshgan. Rojyer o‘zining bir ko‘rinishi bilan nafaqat boshqa kengurularni, balki qo‘riqxona nazoratchilarini ham qo‘rquvda ushlagan.
Rojyerga jahonshumul mashhurlik 2015 yilda, uning suratlari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalganda kelgan. Ushbu suratlardan eng mashhuri kenguru panjalari orasida majaqlab tashlangan chelakni ushlab turgani surati bo‘lgan.
Kenguruning jon berganini qo‘riqxona xodimi, Rojyerni 2006 yilda mashina tomonidan urib ketilgan onasi xaltasidan olib, parvarishlagan Kris Barns ma'lum qildi.
“Afsuski, Rojyer qariligi tufayli jon berdi. U ajoyib uzoq hayot kechirdi va butun dunyo bo‘ylab millionlab kishilar tomonidan yaxshi ko‘rildi. Rojyer, biz seni doim yaxshi ko‘ramiz va seni sog‘inib qolamiz”, deb aytilgan xabarda.
Kengurular kamdan-kam holda 12 yildan ko‘proq yashaydi. Barnsning ma'lum qilishicha, Rojyer qo‘riqxona hududida ko‘milgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026