Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:05 / 12.12.2018
11583
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyadagi shaharning ko‘chalariga shokolad toshdi
Germaniya g‘arbidagi Vestyonnen shahri ko‘chalariga bir tonnaga yaqin eritilgan shokolad oqib ketdi. Bu haqda Soester Anzeiger mahalliy nashri ma'lum qildi.
Antiqa voqea mahalliy qandolatchilik fabrikasi DreiMeister’dagi avariya sababli yuz bergan: bu yerda kichik texnik nosozlik sababli shokolad rezervuardan oqib ketgan.
Shokolad tezda qotib qolgan va shu sababli kommunal xizmatlar uni asfaltdan qaynoq suv va gorelkalar yordamida ko‘chirishlariga to‘g‘ri kelgan.
Fabrika kun davomida ishchi holatga qaytishi aytilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish