Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya klubini bir yo‘la barcha futbolchilar tark etdi
Foto: Diari de Tarragona
Ispaniya Segundasida ishtirok etuvchi «Reus» klubi futbolchilari maosh bo‘yicha qarzlar uzilmagani tufayli, «Kordoba»ga qarshi o‘yindan oldin, yoppasiga jamoani tark etdilar.
«Reus» sardori Xesus Olmo vaziyatga quyidagicha izoh berdi.
«Vaziyat chidab bo‘lmas darajada og‘irlashib ketdi. Shu tufayli, shartnomada mavjud bo‘lgan banddan foydalanib, klubni tark etishga qaror qildik. 26 oktabrgacha maosh berilishi aytilgandi, ammo klub va'dasining ustidan chiqmadi. Bunday sharoitda, boshqacha yo‘l tutolmasdik», — dedi Olmo.
Ayni paytda, «Reus» Segunda jadvalida 22 ta jamoa ichida 20-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
23:35 / 10.05.2026
Hantavirus tarqalgan kemadagi yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlandi
21:10 / 05.05.2026