Jahon | 17:30 / 16.12.2018
9002
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Nicholas Kamm/ AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlarining Suriyani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Dohada bo‘lib o‘tgan anjumanda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi. 

"O‘ylashimcha, prezident Tramp hozirda Suriyani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda", dedi u.

Juma kuni Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an agarda AQSh Manbijdagi kurd tuzilmalarini olib chiqib ketmaydigan bo‘lsa, Turkiya u yerga kirishi haqida ma'lum qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid