Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ishtirokidagi korxonalar guruhlarga bo‘linadi va moliyaviy sog‘lomlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarorida davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish sohasidagi ishlarning tahlili moliyaviy nobarqaror korxonalar soni oshib borayotgani, ko‘rilayotgan choralar esa kutilgan samarani bermayotgani ta'kidlangan.
Qaror davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, har tomonlama ko‘maklashish, ularning moliyaviy nobarqarorligi sabablarini tezkor ravishda aniqlash va barqaror ishlash uchun oldindan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun ma'lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom, davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini o‘tkazish reglamenti, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” — dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Tasdiqlangan reglamentga bo‘yicha iqtisodiy holatiga ko‘ra davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linishini belgilanmoqda:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tavakkalchilik;
- iqtisodiy nochor:
- to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan;
- to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
“Yo‘l xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini mukammal kapital va joriy ta'mirlash;
- sohaga xos bo‘lmagan aktivlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini optimallashtirish va mavjud aktivlardan samarali foydalanish;
- ichki zaxiralarni safarbar qilish;
- korxonalarni moliyaviy jihatdan tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish;
- marketing ishlarini olib borish va marketing strategiyasini ishlab chiqish;
- uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini ta'minlash;
Mavzuga oid
22:15 / 30.03.2021
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi
22:54 / 15.04.2020
Tsement ishlab chiqarish korxonalari ustidan ekologik nazorat kuchaytiriladi - Hukumat qarori
22:15 / 15.04.2020
Hokimliklarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari shaffoflashtiriladi, «E-qaror» tizimi ishga tushiriladi - Hukumat qarori
18:16 / 14.03.2019