Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi özgartirişlar va qöşimça kiritildi:

1.    Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasliqlangan Ulgurji va çakana savdo faoliyatini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi Nizomning 12-bandidagi "yuridik şaxslarni’' sözlaridan keyin "va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” sözlari qöşildi.

2.    Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Taşqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib boriş tartibi tögrisida Nizomda:

a) 8-bandning uçinçi xatboşidagi “yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari” sözlari “yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari” sözlari bilan almaştirildi;

b) 122-bandning ikkinçi xatboşi çiqarib taşlandi.

3.    Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining xöjalik yurituvçi sub'yektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular taşkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, şuningdek Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib çiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylaştiriş tartibi töğrisidagi Nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“6. Tovar konsignatsiya şartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan eksport kontraktlarini suğurtalaş polisini taqdim etmasdan eksportçi tomonidan çet eldagi korxona nomiga:

Palataga a'zo bölgan eksportçining öz mahsulotlari Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga eksport qilinganda;

eksportçining öz mahsulotlari ustav jamğarmasida eksportçining uluşi kamida 51 foizni taşkil qiladigan çet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;

vazirliklar, idoralar, uyuşmalar va kompaniyalarning tarkibiy bölinmalari hisoblanadigan korxonalar tomonidan vazirlik, idora, uyuşma yoki kompaniyaning, şuningdek, ularning ixtisoslaştirilgan taşqi savdo firmalari va kompaniyalarining ustav jamğarmasidagi uluşiga tegişli ravişda kamida 51 foizni taşkil etgan çet eldagi tegişli korxona nomiga eksport qilinganda;

“Öztreyd” AJ, "Özsanoateksport" AJ, “Özagroeksport” AJ yoki "Örga Osiyo Trans" AJ tomonidan ustav jamğarmasida taşkilotlar uluşi tegişli ravişda kamida 51 foizni taşkil qiladigan çet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;