Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya xorijiy investorlar uchun qoidalarni kuchaytiradi
Germaniya hukumati nemis kompaniyalari Yevropa ittifoqiga kirmaydigan davlatlardan bo‘lgan investorlar tomonidan sotib olinishiga oid qoidalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Handelsblatt xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya xorijliklar kompaniyaning 10 foizidan ko‘prog‘ini sotib olgan holatda, bunday bitimlarni tekshiruvdan o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda bunday tekshiruvlar 25 foizdan ortiq miqdorda sotib olish holatida o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, gap milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya boy jinoyatchilar tufayli investitsion vizalar berishni to‘xtatgani xabar qilingandi.