Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi yillardan buyon olamshumul mahsuldorligini davom ettirmoqda
Foto: Denis Doyle/Getty Images
«Barselona» Ispaniya chempionatining 16-turida «Levante»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 5:0.
Lionel Messi uchrashuvdagi barcha gollarda ishtirok etdi: u het-trikka erishib, yana ikki golga assistentlik qildi. Natijada uning 2018 yil hisobidan urgan gollari soni 50taga yetdi.
31 yoshli argentinalik 2010 yildan boshlab deyarli barcha yillarda klub va terma jamoa safidagi o‘yinlarida kamida 50tadan to‘p kiritib kelmoqda. Birgina istisno – 2013 yilda u 45ta gol bilan cheklangan:
2010: 60
2011: 59
2012: 91
2013: 45
2014: 58
2015: 52
2016: 59
2017: 54
2018: 50
Messining faoliyatidagi eng yaxshi natija 2012 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Leo yil davomida 91ta gol urgan edi va bu jahon rekordi hamon o‘zgarishsiz qolmoqda.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025