Jamiyat | 17:51 / 17.12.2018
11806
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent bozorlarida arzon narxlardagi yarmarkalar tashkil etildi
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 15 dekabridan boshlab, poytaxtning Qo‘yliq, Qora-qamish, Yunusobod, Eski juva, Farhod, Oloy, Askiya, Aviasozlar dehqon bozorlarida bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yarmarkalarda aholi arzonlashtirilgan narxlarda savdoni amalga oshirmoqda.
«Yangi yil oldidan tashkil etilayotgan bu kabi yarmarkalardan hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari mamnun bo‘lmoqdalar», - deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent bozorlaridagi narxlar qiyoslangandi.
Mavzuga oid
14:30
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024