Kun.uz tahririyati Toşkent şahrida 4ta mahsulot: un (mahalliy, 1-nav), kartoşka (Rossiyadan keltirilgan oliy nav), guruç (import qilingan, Rossiya va Tayland) va paxta moyi narxi (mahalliy) örgandi. Qiyoslaş uçun 1 kilogramm uçun belgilangan narx olindi. 

Buning uçun Toşkentning Qöyliq, Çorsu, Farxod va Çilonzor dehqon bozorlari tanlandi. Qöyliq bozorida 1-navli mahalliy unni (kg-1750 söm) topib bölmadi. Rossiyadan keltirilgani aytilgan kartoşkaning 1 kilogrammi 1200dan sotilayotgan bölsa-da, ularni oliy nav deb bölmasdi.

Mover'da köriş

Youtube'da köriş

Kartoşkaning saralari bozorning boşqa burçagida uddaburon tadbirkor tomonidan 2500 sömdan sotilayotgani ma'lum böldi. Arzonlaştirilgan yarmarkada savdo qilayotgan kartoşka sotuvçisi esa, nima uçun maydalari sotilmoqda, degan savolimizdan söng, alohida saralangan yirikroq kartoşkalarni qayta rastaga joyladi.

Qöyliqda 1-navli paxta yoğining 1 litri 7200 sömdan bemalol sotilayotgandi. Rossiyaning Krasnodar ölkasidan keltirilgan guruç kilogrammi 5700 sömdan xaridorlarga taklif etilayotgan edi. 

Toşkentning Çorsu, Farxod va Çilonzor bozorlarida uşbu 4ta mahsulot ham mavjudligi aniqlandi. Faqat Rossiya kartoşkasi saralanmagan aralaş holdagisining 1 kilogrammi 2000 sömdan mijozlarga yetkazib berilmoqda.

Bu bozorlarda 1-navli paxta yoğining 1 litri 7200 söm, Tayland, Rossiyada yetiştirilgan guruçning bir kilogrammi 5700 sömdan, Özbekistonning “Mustaqillik” navli guruçning bir kilogrammi 6000 sömgaça va Özbekistonda işlab çiqilgan 1-navli buğdoy unining 1 kilogrammi 1750 sömdan sotilmoqda.

Siz istiqomat qilayotgan hudud dehqon bozorlaridagi bayramoldi yarmarkalarida bu mahsulotlarning bir kilogrammi qançadan sotilmoqda?