O‘zbekiston | 18:50 / 19.12.2018
14186
5 daqiqa o‘qiladi

Milliy kinologiya markazining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Komsomolskaya pravda

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazining umumiy cheklangan shtatlar soni 65 nafar kishidan iborat yangilangan tashkiliy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi, hududiy boshqarmalari va «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xizmat itlarini kunlik ovqatlantirish ratsion normalari;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi, hududiy boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi  xizmat itlarini umumiy ovqatlantirish ratsioniga qo‘shimcha kunlik  normalar;

bojxona postlari xizmat itlarini kunlik ovqatlantirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining stavkalari tasdiqlandi.

Quyidagilar:

Milliy kinologiya markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanishi;

Milliy kinologiya markazi Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazi maqomiga ega bo‘lib, shartnoma asosida kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari uchun xizmat itlarini tanlash, sotib olish, ko‘paytirish va parvarishlash, o‘rgatish huquqiga ega ekanligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018 yil        12 apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi zarur hollarda, Milliy kinologiya markazining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi ma'lumot uchun qabul qilingan.

Quyidagilar Milliy kinologiya markazi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

turli yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatga yaroqli zotdor xizmat itlarini tanlash, sotib olish va parvarishlashning samarali tizimini yaratish;

malakali kinologlar tayyorlash va xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘, o‘qdori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz qidiruv xizmati, terrorchilikka qarshi va boshqa operatsiyalarda ishtirok etish yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi jamoat tashkilotlari hamda kinologiya xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik dasturlari doirasida zotdor xizmat itlarini ko‘paytirish, sotib olish, sotish 
va almashish;

bojxona organlari kinologlarining faoliyati va xizmat itlaridan foydalanish natijadorligini ularning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash, kelgusida bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida doimiy va har tomonlama monitoring qilib borish;

kinologiya xizmati sohasida xalqaro va milliy ko‘rgazmalar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish hamda ularda ishtirok etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga:

bojxona organlari xizmat itlari uchun quruq ozuqa va ishchanlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan itlarni xorijdan sotib olish shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish;

xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlarining buyurtmanomalariga asosan xizmat itlarini tegishli ravishda tayyorlash va sotish;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga xizmatga yaroqsiz itlarni belgilangan tartibda sotish;

yuridik va jismoniy shaxslarning itlarini umumiy mashq kursi va himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha shartnoma asosida tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish;

belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan xizmat itlarini kinologlarga beg‘araz asosda berish;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning buyurtmanomalari bo‘yicha kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xizmat itlarini tanlash, sotib olish, ko‘paytirish, parvarishlash va o‘rgatish tadbirlarini shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berildi.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomasiga asosan ishlab chiqariladigan avtotransport vositasi tegishli darajada jihozlanishini nazarda tutgan holda, xizmat itlarini tashish uchun mo‘ljallangan 32 dona maxsus avtotransport vositasi sotilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid