O‘zbekiston | 10:26 / 19.12.2018
33173
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun qishki ta'til kunlari 28 dekabrdan boshlanadi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligini

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbarlari ishtirokida “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, matbuot anjumanida oliy ta'lim muassasalari talabalarining qishki ta'til kunlari odatdagidek 2018 yil 28 dekabrdan 2019 yil 10 yanvarga qadar davom etishi ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil 27 dekabr OTMlarda oxirgi o‘qish kuni, 2019 yil 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid