O‘zbekiston | 00:33 / 20.12.2018
20304
5 daqiqa o‘qiladi

Qishki ta'tilga yo‘l – Toshkent-Janubiy vokzalidan! 

Qish mavsumi kelishi, ayniqsa, qishki ta'tilga yaqin Toshkentda ishlaydigan yoki o‘qiydigan yurtdoshlarimiz oila bag‘riga – Respublikamizning turli hududlariga yo‘l olishadi. Kimdir Nukusga, kimdir esa Termizga va yana birov Andijonga otlanadi. Sovuq qishda ulovning qanday bo‘lishi, xavfsizlik talablariga javob berish darajasi ham o‘ta ahamiyatlidir.

Uzoq masofali manzillarga yo‘l olgan hamyurtlarimiz, tabiiyki, samolyot yoki poyezd xizmatidan, shaharlar bo‘ylab harakatlanadigan avtobuslar yoki taksilardan foydalanadi.

Nukus yoki Xorazm, Termiz yoki Buxorodan poytaxtga ta'lim olishga kelgan talaba, ishchi yoki tadbirkor, davolanishga kelgan nafaqaxo‘r onaxon, tabiiyki, hamyonbop va xavfsiz tanlovni ma'qul ko‘radi, chunki “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ har yil qish mavsumi va ta'tiloldi chiptalar uchun chegirmalar e'lon qiladi. Bu esa viloyatga yo‘l olayotgan yo‘lovchilarning katta qismi Toshkent shahridagi Janubiy vokzalga borishini, chipta olishi va poyezdlarni kutishini keltirib chiqaradi.

Video: Youtube

Video: Mover

Tashqi va ichki ko‘rinish. Shaffof uch darvoza.

Vokzal 1963 yilda qurilgan bo‘lib, so‘nggi bor 1985 yilda rekonstruksiya qilingan. 2017 – 2018 yillarda esa yangi loyihaga asosan qayta va tubdan ta'mirlandi. Toshkent-Janubiy vokzali, endi nafaqat qish mavsumida, balki yilning har qanday paytida ham O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqqan sayyohlar, uyiga otlangan yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar va mutlaqo yangicha qiyofaga ega bo‘ldi. Zamonaviy trendlar va milliy bezaklar asosida loyihalangan tashqi va ichki ko‘rinishga ega Janubiy vokzalning umumiy maydoni 9,7 gektarni tashkil qiladi. Vokzalda 650 – 800 metrli 3 ta perron qurildi.

Vokzalni uzoqdan uch viqorli darvozaga ega oynavand qal'aga o‘xshatish mumkin. Vokzal oldida diametri 14 metrli ikkita favvora qurilgan, yo‘lovchilar uchun katta axborot tablosi o‘rnatilgan. Chiptaxonaning birinchi qavatida ma'lumot berish nuqtasi, 9 ta chipta bo‘lmalari mavjud, kutish zonasi, turli yemaklar vending mashinasi, infokiosk va naqd pul yechib olish avtomati ham o‘rnatilgan.

Ikkinchi qavatda esa chiptaxona ma'muriyati, VIP-kutish xonasi va pul o‘tkazish yo‘li bilan chipta olish bo‘limlari bor.

Poyezdlarga chiqish uchun asosiy kutish hududida esa oshxonalar, ona va bola xonalari, do‘konlar, lift, VIP-zona va sayyohlar uchun mo‘ljallangan alohida kutish xonasi, bepul Wi-Fi’ga ulanish nuqtasi mavjud.

Vokzal necha kishiga xizmat ko‘rsata oladi?

Toshkent-Janubiy vokzali bir vaqtning o‘zida 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, sutkasiga esa 20 ming nafar yo‘lovchilar 19 poyezdlarda kutib olinadi va jo‘natiladi. Og‘ir yukli yo‘lovchilar yer osti yo‘li va asosiy kutish hududi tashqarisida tekin aravalardan foydalanishi mumkin. Yo‘lovchilarga sutka davomida xizmat ko‘rsatuvchi chipta sotuvchilar, kutish zalida xizmat ko‘rsatuvchi navbatchilar, ma'lumotnoma, VIP zal xodimlari, vagonga xizmat ko‘rsatuvchi va yuk tashuvchilar bilan ishchi va xizmatchilarning umumiy soni 100 nafarni tashkil etadi.

Xavfsizlik esa 50 nafar xodim, vokzal hududi bo‘ylab o‘rnatilgan 170ta videokuzatuv kameralari tomonidan ta'minlanadi.

Chiptaxona esa ASU Ekspress-3 tizimi bilan ta'minlangan va bu sutkasiga 5000ta yo‘l hujjatlari sotilishi, shu jumladan, elektron chiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Temir yo‘l vokzali quyidagi shaharlardan yo‘lovchi poyezdlarni kutib oladi va ularni jo‘natadi:

Urganch, Buxoro, Andijon, Qo‘ng‘irot, Olot, Shovot, Termiz, Sariosiyo, Buxoro, Urganch, Hojikent, Xovos, Bekobod, Sirdaryo, Guliston, Andijon-Buxoro, Andijon-Urganch, Andijon-Termiz yo‘nalishlari.

Mavzuga oid