15 sentabrdan 15 oktyabrgaça «Toşkent-Markaziy» (Şimoliy) temiryöl vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar qatnovi «Toşkent-Janubiy» temiryöl vokzalidan amalga oşiriladi. Bunga «Töqimaçi» hamda «Toşkent-yölovçi» temiryöl bekatlari oraliğidagi temiryölda texnik ta’mirlaş işlari olib borilişi sabab sifatida körsatilgan. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» AJ xabar berdi.

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdi, «Şarq» (Toşkent–Buxoro– oşkent), «Nasaf» (Toşkent–Qarşi–Toşkent), «Özbekiston» (Toşkent–Andijon–Toşkent), hamda xalqaro yönalişlardagi «Toşkent–Volgograd–Toşkent», «Duşanbe–Toşkent–Duşanbe» yölovçi poyezdi «Toşkent-Janubiy» temiryöl vokzali hududidan reyslarini amalga oşiradi.

Şu bilan birga, «Olmaota–Toşkent–Olmaota», «Toşkent–Novosibirsk–Toşkent», «Toşkent–Samara–Toşkent» yönalişida harakatlanadigan yölovçi poyezdlar hamda «Toşkent–Xojikent–Toşkent» şaharlararo poyezdlaridan taşqari, «Toşkent-Markaziy» temiryöl vokzalidan qatnovini amalga oşirib kelayotgan barça yölovçi poyezdlar 15 sentabrdan 15 oktyabrgaça «Toşkent-Janubiy» temiryöl vokzaldan öz harakatini boşlaydi.

Şuningdek, «Toşkent-Markaziy» temiryöl vokzalidagi çiptaxonalardan poyezd jönaşidan oldin çipta xarid qilgan yoki yanglişib «Toşkent-Markaziy» vokzaliga kelib qolgan yölovçilarni «Toşkent-Janubiy» temiryöl vokzaliga olib boriş uçun vaqtinça bepul avtobuslar qatnovi yölga qöyiladi.