Jamiyat | 12:00 / 20.12.2018
15579
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Rozmetov​’ning haqiqiy "Oxotnichi" kolbasalari: yangi kolbasali tamaddi!

Kundalik yelib-yugurishlar, ishxonadagi hisobotlar, bolalarning tadbirlari — bularning barchasi yoqimli bo‘lsa ham, yana taraddudli tashvishlardir. Shunday yugur-yugur markazida ba'zan odatdagi kabi ovqatlanish, maktab o‘quvchisiga tushlik qutisini yig‘ish yoki kafega borish uchun ham vaqt topishning mutlaqo iloji bo‘lmay qoladi. 

Foto: Rozmetov

Rozmetov​” oilaviy kolbasa zavodi o‘z mijozlari haqida g‘amxo‘rlik qiladi va «Oyi, bugun tushlikka nima yeymiz?» degan savollarga muntazam ravishda javob berishdan charchaganlar uchun, shuningdek har doim harakatda bo‘lgan va nima tamaddi qilishni har doim o‘ylaydigan yoshlar uchun ideal yechimni taklif qiladi.Yangi "Oxotnichi" kolbasalari to‘yimli oilaviy tushlik va qulay tamaddi uchun universal yechim, uni har doim o‘zingiz bilan olib yurishingiz, yoki farzandingizning tushlik qutisiga solib berishingiz mumkin.

Eng oilaviy Rozmetov​ kolbasa brendi mahsulotlarning "Oxotnichi" nomli yangi yo‘nalishini ishga tushirmoqda. Yangilangan yo‘nalishda har bir inson o‘ziga mosini topadi: shirin «Klassik», ajoyib «Chili» va original “Pishloqli” sosiskalar.

Kolbasa snek-tamaddi bo‘lishi mumkinmi? Mumkin!

Foto: Rozmetov

“Rozmetov​” "Oxotnichi" kolbasalarini o‘zi bilan olib ketish va uni «Yo‘l-yo‘lakay» tamaddi qila olish mumkinligi borasida g‘amxo‘rlik qilgan. Ishlab chiqaruvchi an'anaviy ravishdagi yuqori sifatga ega mahsulot va klassik italyancha tayyorlash usuli haqida e'lon qiladi. O‘zbekistonda tanish bo‘lgan "Oxotnichi" qatorida aynan qanday yangilik borligi haqida Zafar Rozmetov shunday dedi:

- Biz mijozlarimizning takliflari va xohish-istaklaridan juda ilhomlangan holda, dadil tajribalardan qo‘rqmaymiz. "Oxotnichi" mahsulot yo‘nalishi mijozlar tarafidan bir necha marta so‘ralgan edi va biz ushbu mavzuni o‘rganishga kirishdik. An'anaga ko‘ra, biz Yevropadagi eng yaxshi retseptlarni o‘rgandik, Yevropalik hamkasblarimiz bilan suhbatlashdik. Ma'lum bo‘lishicha, kolbasa mahsulotining o‘zi – bu mukammal taomdir. Bu sosiska mahsuloti, faqatgina sendvich formatidagi nonushta bo‘libgina qolmasdan, to‘liq va mukammal taomga aylangan. Ular alohida, garnir bilan, grilda qovurilgan holda yoki sabzavotlar bilan iste'mol qilinishi uchun dasturxonga tortiladi. Ko‘pincha, "Oxotnichi" kolbasalari faqatgina nonushta emas, balki to‘yimli taom ham hisoblanadi. Mahsulotlarimiz qatorida sosiska va kolbasa mahsulotlarining har xil turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tabiiy eng sara mol go‘shti va eng yaxshi ziravorlardan foydalanamiz va har bir to‘plamga saxiylik bilan o‘z mehrimizni qo‘shamiz!

Foto: Rozmetov

Yangi mahsulotni supermarketlar tokchalaridan va do‘konlardan qidiring.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid