O‘zbekiston | 09:22 / 24.09.2021
4606
3 daqiqa o‘qiladi

Rozmetov: Barcha yangiliklar – astoydil unutilgan o‘tmishdan darak deyishadi

Biz esa eng yaxshisi – yillar davomida sayqallangan o‘tmish tajribasining mevasi deymiz.

O‘tmish an'analariga hurmatni saqlagan va zamonaviy imkoniyatlardan foydalangan holda, Rozmetov kompaniyasi iste'molchilarning mehrini qozonib, o‘ttiz yildan beri o‘zida saqlab kelmoqda.

Muvaffaqqiyatimizning siri nimada? Ehtimol, biz sifatli hom ashyodan, ya'ni sara va tabiiy go‘shtdan foydalanishimizdadir. Yoki tayyorlashda eksklyuziv retseptlarni qo‘llashimizda. Yoki biz sifatli ziravorlar va Germaniya buki asosida tabiiy dudlash usulidan foydalanishimizda. Yohud xoh u texnolog yoki oddiy ishchi bo‘lsin, dizayner, qadoqchi yoki haydovchi bo‘lsin, professional mutaxassislarni ishga jalb qilishimizdadir. Ularning barchasi yagona ezgu maqsad – iste'molchi uchun yaxshi mahsulot ishlab chiqarish va yetkazishga xizmat qiladilar.

Mahsulotlarimiz sifatli, mazali va xavfsiz bo‘lishi biz uchun ustuvor vazifa. Buning tasdig‘i sifatida mahsulotimiz ISO 22000:2005 oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatiga va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan homashyo, shu jumladan, qo‘shimcha va ziravorlar, ishlab chiqarish xonalari, uskunalari, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uslubi va albatta, yakuniy mahsulot halollik talablariga mos kelishini tasdiqlovchi Halal sertifikatiga egadir.

Rozmetov – oilaviy korxona bo‘lib, uning qadriyatlari “Oiladan oilaga” shiorida ham o‘z aksini topgan. Mahsulotimiz eng yaqin va sevimli insonlar uchun ishlab chiqarilgan. U shinam nonushta paytida ham, shoshilinchda qilingan tushlikda ham, eng aziz va yaqin insonlar davrasidagi ziyofat paytida ham dasturxoningiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.

Biz sizni yaxshi ko‘ramiz, bildirgan ishonchingiz uchun rahmat!

Instagram: @rozmetov.uz

Facebook: fb.com/rozmetov.uz

Telegram: t.me/rozmetov_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid