Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘istonning tog‘ o‘qchilar bo‘linmalari birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston tog‘ o‘qchilar bo‘linmalari birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi.
Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrugining «Forish» umumqo‘shin tog‘ poligonida bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy vazifalariga professional tajriba almashish, shaxsiy tarkib amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, shuningdek, tog‘li sharoitda tayyorgarlik va harbiy alpinizm bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasini yaxshilash aylandi.
«Biz harbiy xizmatchilarimizning professional mahoratiga yana bir bor tan berdik. Oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuqori mahorat, shaxsiy tarkibning yaxshi tashkil qilingani va zamonaviy tog‘-alpinizm uskunalarga ega ekanimiz tufayli bajarildi», - dedi Qozog‘iston qurolli kuchlari guruhi rahbari Abay Abdullayev.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025