Standard & Poors O‘zbekistonning suveren reytingini e'lon qildi
O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingi xalqaro Standard & Poors kompaniyasi tomonidan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli defolt reytingi "BB-" va qisqa muddatli defolt reytingi - "B" (barqaror) deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Ratings O‘zbekistonning birinchi suveren reytingini e'lon qilgandi.
Fitch Ratings O‘zbekistonga xorijiy va milliy valyutada «BB-» darajasida uzoq muddatli reytinglar berdi. Prognoz - barqaror.
«O‘zbekistonning reytinglari yuqori xomashyo qaramligi, yuqori inflyatsiya hamda aholi jon boshiga past YaIM fonida ishonchli suveren muvozanat, davlat qarzining pastligi va o‘sish sur'atlarining tezligi bilan ajralib turadi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024