Fitch Ratings O‘zbekistonning birinchi suveren reytingini e'lon qildi
Fitch Ratings O‘zbekistonga xorijiy va milliy valyutada «BB-» darajasida uzoq muddatli reytinglar berdi. Prognoz - barqaror.
«O‘zbekistonning reytinglari yuqori xomashyo qaramligi, yuqori inflyatsiya hamda aholi jon boshiga past YaIM fonida ishonchli suveren muvozanat, davlat qarzining pastligi va o‘sish sur'atlarining tezligi bilan ajralib turadi», - deyiladi xabarda.
Agentlikning ta'kidlashicha, O‘zbekiston makroiqtisodiy barqarorlik va o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini amalga oshirishga kirishdi.
«Bu jarayon barqaror suveren balans, barqaror moliya sektori va qarzdorlikning kamligi hisobga olingan holda, nisbatan kuch nuqtai nazaridan ro‘y bermoqda», - deya qayd etadi agentlik.
Fitch’ning ta'kidlashicha, tashqi balans reytingda asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, 2018 yil oxirida suveren aniq xorijiy aktivlar YaIMning 46 foizida prognoz qilinmoqda. 2018 yil oxirida prognoz qilingan valyuta zaxiralari 26,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi, bu joriy tashqi to‘lov hisobining 14,8 oyiga teng.
Fitch kutishicha, valyuta bozorining yaqinda erkinlashtirilishi ichki talabning yuqori ekani, yuqori importga ega davlat sektoridagi investitsion loyihalar hamda muhim savdo hamkorlari tomonidan nisbatan past talab bilan birlashib, 2018 yilda joriy hisobning YaIMdan 2,7%lik defitsitiga olib keladi.
«Defitsit asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi, biroq islohotlarni e'lon qilish va ularni amalga oshirish o‘rtasida kechikish yuz beradi», - deya hisoblaydi Fitch.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekistonning tovarga qaramligi yuqori, ammo eksport bazasida bitta tovarning mutlaq ustunligi yo‘q - oltin, tabiiy gaz, metallar va paxta umumiy eksport hajmidan 60 foizni tashkil qiladi.
«Mamlakatning tashqi buferlari kuchli, lekin xomashyo tovarlariga narxlar o‘zgaruvchanligiga bog‘liq, sababi xalqaro zaxiralarning 55%i oltin zaxiralari. Rossiya asosiy savdo hamkori, migrantlar pul jo‘natmalarining 80% manbai va mamlakatdagi asosiy xorijiy investor bo‘lib qolmoqda», - deya ta'kidlaydi Fitch.
Fitch’ning kutishicha, hukumat almashuv kursi moslashuvchanligini qo‘llab-quvvatlab, iqtisodiyotning shoklarga qarshi turish qobiliyatini ushlaydi va tashqi disbalanslar ortishini bosib turadi.
«Markaziy bankning valyuta intervensiyasi almashuv kursi o‘zgaruvchanligini yumshatish va oltin sotib olishdan olingan, mahalliy valyutadagi likvidlikni so‘ndirishga qaratiladi», - deya ishonch bildirgan Fitch.
Inflyatsiyaga kelsak, agentlik fikricha, 2018 yilda u 17,9 foizni tashkil etadi va 2019-2020 yillarda asta-sekin kamayib, 16,8 foiz hamda 14 foizga teng bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
17:36 / 18.11.2024
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024