Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada fanga ma'lum bo‘lmagan yuzlab dengiz jonzotlari topildi
Avstraliyalik olimlar Tasmaniya orolining janubiy sohillari yaqinida yuzlab yangi turdagi dengiz jonzotlarini aniqlashdi. Tadqiqot inson ta'siridan himoyalanuvchi va baland suv osti tog‘lari joylashgan qo‘riqxona hududlarida o‘tkazilgan.
Olimlar bir oy ichida korall poliplari, baliqlar va mollyusklar yashaydigan 45 ta suv osti tog‘ini tadqiq qilishgan. Ular 1,9 ming metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ishgan.
Olimlar ekspeditsiya davomida 60 mingga yaqin surat va 300 soatdan ko‘proq videoni tasvirga olishgan. Ular yig‘ilgan materiallarni ko‘zdan kechirayotib, fanga avval ma'lum bo‘lmagan ko‘plab jonzotlarni uchratishgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular ma'lumotlarni batafsil o‘rganishlariga yana bir necha oy kerak bo‘ladi, biroq topilgan ba'zi jonzotlar haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tishdi. Jumladan, ular topgan yangi jonzotlardan eng antiqalari orasida biolyuminessent kalmarlar, arvoh-akulalar, skatlar, qisqichbaqalarning yangi turlari bor.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026