Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshilik sudya pora bilan qo‘lga tushdi
21 dekabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi A.M. 500 AQSh dollari miqdoridagi pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Bu haqda Kun.uz'ning huquqni muhofaza etuvchi organlaridagi axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sudya A.M. oilaviy ajrashish masalasida g‘ayriqonuniy qarori uchun pora olayotgan bo‘lgan. Ayni paytda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani hal qilishi evaziga 12 ming AQSh dollarini pora tariqasida talab qilayotgan paytda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026