Jahon | 22:25 / 24.12.2018
9619
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi mingdan ortiq smartfondan archa bezatib Ginness rekordini yangiladi

Xiaomi kompaniyasi 1005 dona smartfondan archa mozaikasini tayyorladi va Ginness rekordini yangiladi. Bu haqda My Drivers sayti xabar berdi.

Archa ushbu tadbirda namoyishi bo‘lib o‘tgan Xiaomi Play smartfonlaridan tayyorlandi.  

Xiaomi shu tarzda Vestel kompaniyasining rekordini yangiladi. O‘tgan yilning fevralida ushbu kompaniya 504 dona smartfondan mozaika tayyorlagandi.

Xiaomi Play smartfoni Full HD+ displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, narxi 160 dollarni tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid