Jamiyat | 22:56 / 29.12.2018
42560
6 daqiqa o‘qiladi

Kumush qish manzaralari: chiroqsiz oqshomlardan ayrim lavhalar

Bugun oqshom Telegram`dagi rasmiy kanalimizda chiroq o‘chgan xonadonlarda bizni o‘qiyotgan mushtariylarimizdan chiroq yo‘qligini bildiruvchi suratlarni manzil ko‘rsatgan holda yuborishini so‘radik.

Quyidagilar – 29 dekabr kuni soat 19:30 – 21:30 oralig‘ida Kun.uz murojaatlar qutisiga kelib tushgan suratlarning bir qismi. Ikki soat oralig‘ida yuzdan ortiq suratlar va murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyati mazmun jihatdan bir-birini takrorlaydi. Biz ularning ayrimlarini chop etish bilan kifoyalanmoqdamiz.

TOShKeNT VILOYaTI
Bo‘stonliq tumani, Chorvoq shaharchasidan:
«Shaharchamizda svet – eng katta muammolardan biri»

Qibray tumani, Uzumzor mahallasi, Ulug‘bek ko‘chasidan:

SAMARQAND VILOYaTI
Narpay tumani, Turon mahallasi, Olchin qishlog‘idan:

Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi markazidagi «Istiqlol» MFYdan:

ANDIJON VILOYaTI
Baliqchi tumani, Olimbek qishlog‘idan:

Baliqchi tumani, Markaz, Sharq ko‘chasidan:

Asaka tumani, «Beruniy» MFY, Jaloliddin Rumiy ko‘chasidan:
«1 kunda 3 yoki 4-marta o‘chishi... Agar biroz e'tiroz bildirsak, tosh kelib, bizning boshimizga tegadi. Iltimos, kimligimizni hech kim bilmasin...»

Qo‘rg‘ontepa tumani, Chimyon qishlog‘idan:

Shahrixon tumani, Teraktagi mahallasidan:
«Har kuni ikki soatda bir chiroq o‘chadi»

Shahrixon tumani, «Qo‘rg‘oncha» MFY, Nazarmahram ko‘chasidan:

Shahrixon tumani, «Yangi zamon» MFYdan:

Shahrixon tumanidan:

Xo‘jaobod tumani, «Chimbuloq» MFYdan:
«Svet o‘chdi, lekin gaz keldi. Shu MFY tumanda eng ko‘p tadbirkorlar faoliyat olib boradigan hudud. Trikotaj yo‘nalishida. Yengil sanoat».

NAMANGAN VILOYaTI
Chust tumani, Karkidon shaharchasidan:

Chust tumani, Karkidon shaharchasi, «Laylak uya» MFYdan:

Chust tumanidan:
«Bizning qishloqlarda ham shu ahvol, elektr o‘chiriladi. Yoritish fonarlarida o‘tiribmiz».

Kosonsoy tumani, Chindovul qishlog‘i, «Shirinbuloq» MFYdan:
«Archa bor-u, svet yo‘q. Telefonda yorityapmiz».

SURXONDARYo VILOYaTI
Muzrabot tumani, Yangi Diyor mahallasidan:

FARG‘ONA VILOYaTI
Quvasoy shahri, Oqtosh qishlog‘i, «Bog‘bon» MFYdan:

Oltiariq tumani, Tinchlik shaharchasidan:

JIZZAX VILOYaTI
Jizzax shahridan:
«Shaharda kam o‘chyapti lekin. Hozir elektr bor; o‘chsa, variantlar ham bor :)».

Ko‘plab maktublarga deyarli bir xil – qorong‘ilikda olingan mana bunga o‘xshash suratlar ilova qilingan:

SURATSIZ YO‘LLANGAN BA'ZI MAKTUBLAR
Namangan viloyati, Uychi tumanidan:
«Suratga olish shart emas, lekin gaz o‘chganiga yarasha, svet yoqib berishsa bo‘ladi-ku».

Namangan viloyati, Pop tumani, G‘urumsaroy qishlog‘idan:
«2 haftadan beri tinmay svet o‘chmoqda. Nima sababdanligini bilmaymiz. Elektrosetga telefon qilsak, telefoni ishlamaydi».

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Fayziobod qishlog‘idan:
«Mana, 10 kundan beri 4-5 soatlab o‘chmoqda. 1-2 soat yonsa, 4-5 soat o‘chik bo‘ladi».

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Gulshan qishlog‘idan:
«2 hafta oldin bizda svet uzluksiz berildi. Avvaliga xursand bo‘ldik, keyin bilsak, tekshiruv bor ekan Toshkentdan. Hozir o‘chirmaganlarini ham bir qilib, juda ko‘p o‘chiryapti. 1 soat elektr bo‘lsa, 2-3 soatlab yo‘q bo‘lib ketadi.

Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidan:
«Faqat kechki payt 20:00da o‘chib, 22:00da yonadi. Undan oldin 10 kuncha umuman o‘chmadi. Undanam oldinroqni aytsam, erta bilan ishga ketaman – svet yo‘q. Kechki payt ishdan kelaman – svet yo‘q. Sog‘ bo‘linglar, kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan».

Andijon shahri, «Xursandlik» MFY, Tinchlik ko‘chasidan:
«Umumiy standart bo‘yicha 220 volt bo‘lishi kerak, bizda – 135 volt. Elektr uskunalaridan foydalana olmaymiz. Oilada oddiy kir yuvish ham muammo. Kumush qish emas, azobli qish».

Andijon viloyati, Marhamat tumani, O‘qchi qishlog‘idan:
«Elektr uzilgandan so‘ng aloqa signali butunlay yo‘qoladi (Ucell operatorida). «Andijon» teleradiokanalida «Tumaningizda elektr uzilishlari kuzatilsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling», deb jar solishmoqda. Lekin bir sutkada 7-8 soat chiroq yo‘q. Qo‘ng‘iroq qilsak, doimiy ravishda «Abonent band» degan ovozni eshitaverib, qo‘ng‘iroq qilmaydigan bo‘lib ketdik. 

Transformatorlarning qizib ketishi masalasiga keladigan bo‘lsak, shuncha aholi tirik guvoh: 1 dekabrdan 18 dekabrgacha 1 soniya ham tok uzilmadi. Barchamiz xursand, buyog‘iga yaxshi yashaymiz, deb o‘ylagandik. Lekin 19 dekabrdan boshlab uzilishlar eski holiga qaytdi. 18 kun qanday ovqat yeyotganimizni bilib yashadik (har doim kechki ovqat paytida tok yo‘q!»

Sizlardan umid qilib ushbu xabarni yozyapman. Bayram muborak!»

Manzil ko‘rsatilmagan xat: «Chiroq yo‘q bo‘lsa, rasmga olib yuboringlar, debsizlar. Odatda tumanda chiroq bo‘lmasa, antennalar ham ishlamaydi. Ya'ni o‘sha hududdan ma'lumot kelishi - 50/50».

Mavzuga oid