O‘zbekiston | 17:30 / 29.12.2018
50027
2 daqiqa o‘qiladi

Umra uchun cheklovlar bekor qilindi

O‘zbekiston hukumatining «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, «Umra» safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.

Ilgarigi tartibga ko‘ra, «Umra» safariga borishi mumkin bo‘lgan ziyoratchilar kvotasi har yili o‘n ming kishi etib belgilangan edi.

Bundan avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari Nuriymon Abdulhasan ham O‘zbekistonda Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha (kvota) cheklovlar olib tashlanayotgani haqida ma'lumot bergandi.

U avvallari uzoq navbat kutib umra ziyoratiga borgan fuqarolar 13 650 000 so‘m miqdorida pul to‘lagan hamda ularga Makka va Madina shaharlarida yaratilgan shart-sharoitlar bugungi kunda taklif etilayotgan xizmat turidan ancha past va qimmat bo‘lgani haqida aytib o‘tgan va endilikda umra safariga bormoqchi bo‘lgan har-bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m (borish-kelish aviachiptasidan tashqari)  miqdorda arzon bo‘lishiga erishilgani haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid