Özbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni davlat kömagida taşkil etilayotgan rasmiy haj safarini tanlaşga çaqirdi.
Qayd etilişiça, sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj safariga oid asossiz e’lonlar köpaymoqda.
“Afsuski, ötgan yili yuzlab özbekistonliklar noqonuniy yöllar bilan hajga borib, ibodatlarini töliq ado eta olişmadi. Ba’zilari deportatsiya qilindi, qamaldi, hatto vafot etganlar ham böldi”, deyiladi idora rasmiy xabarida.
Ta’kidlanişiça, Özbekistonda hajni taşkil etiş Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklatilgan. Ular Saudiya Arabistoni bilan rasmiy şartnomalar asosida ziyoratçilarga xizmat körsatadi.
“Saudiya Arabistoni qonunlariga köra, haj faqat vakolatli taşkilotlar orqali amalga oşiriladi. Noqonuniy yöllar bilan hajga boriş ibodat qiliş imkoniyatini bermaydi va qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday harakatlar deportatsiya va katta miqdorda jarimaga sabab bölişi mumkin.
Ziyoratingiz xavfsiz bölişi uçun firibgarlarga aldanmang va davlat kömagida taşkil etilayotgan rasmiy haj safarini tanlang”, deya tavsiya bergan Özbekiston musulmonlari idorasi.











