Sport | 22:58 / 03.01.2019
8960
2 daqiqa o‘qiladi

Anzur Ismailov: «Tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga e'tibor qaratyapmiz»

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismailov Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugungi kun juda samarali o‘tdi. OFK tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda qatnashdik, yig‘ilish davomida ko‘plab muhim ma'lumotlardan xabardor bo‘ldik. Ayniqsa, musobaqa davomida amal qiladigan qoidalar bilan yaqindan tanishganimiz foydali bo‘ldi. Futbol qoidalarida muntazam ravishda o‘zgarishlar bo‘layotgani, yanada mukammallikka intilishayotgani yaxshi albatta. Osiyo Kubogi davomida bu qoidalarga amal qilishga intilamiz.

Musobaqa boshlanishini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Birinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ketyapti. Ko‘proq kombinatsion o‘yin namoyish qilishga, tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga e'tibor qaratilmoqda. Murabbiy bizdan maydonda borimizni berib o‘ynashni talab qilyapti. Biz uning bu talabini to‘liq bajarishga harakat qilamiz», - dedi Anzur Ismailov.

Mavzuga oid