Xitoy Superligasi. Mavsum yakunlari va hamyurtlarimizning ko‘rsatkichlari
Xitoy chempionatida 2017 yil mavsumiga yakun yasaldi.
4 noyabr kuni jamoalar so‘nggi, 30-tur o‘yinlarida maydonga tushdi.
Musobaqada «Guanchjou Evergrand» klubi 64 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. «Shanxay SIPG» 58 ochko bilan 2-o‘rinni, «Tyantszin Suntszyan» 54 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
«Shanxay SIPG» tarkibida ishtirok etgan hamyurtimiz Odil Ahmedov uchun mavsum muvaffaqiyatli kechdi. U jamoasi tarkibida 20 o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoasi bilan chempionatning kumush medallarini qo‘lga kiritdi va Osiyo Chempionlar ligasi yarimfinaligacha yetib bordi.
Anzur Ismailov to‘p surgan «Chanchun Yatai» klubi 44 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi. Futbolchimiz mavsum davomida jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi. U 24 bahsda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Yegor Krimets o‘ynagan «Beytszin Goan» klubi 40 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi. Himoyachimiz uchun bu mavsum eng yomoni bo‘ldi desak adashmaymiz. Krimets bor yo‘g‘i 5 o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Isroil terma jamoasi va «Guanchjou Fuli» hujumchisi Eran Zaxavi 27ta gol urib, kutilmaganda chempionat to‘purari sovrinini qo‘lga kiritdi. Rikardo Gulart (Guanchjou Evergrand), Esekiyel Lavessi (Xebey Chayna Forchun) va U Ley (Shanxay SIPG) 20ta gol bilan undan keyingi o‘rinni egalladi.
Xitoy chempionatining yangi mavsumi 2018 yil mart oyida boshlanadi.
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021