Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib diniy idoraning Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov tayinlangandi.
Shundan so‘ng, 26 iyun kuni poytaxtdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024