Jamiyat | 18:25 / 07.01.2019
14649
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘ronda tug‘ilganlar shamol esishidan qo‘rqmaydilar

Aslida, biz odam bolalari kuchli bo‘ron ostida – Odam Ato yovuz shaytonga aldanib, Tangriga itoatsizlik qilgan chog‘ida dunyoga kelganmiz. Dunyodagi ilk va eng qaltis xato edi u. 

Bo‘ronni ko‘rgan inson agar o‘zining Hazrati Inson ekanini tan olsa, shamollardan – shayton bolalaridan qo‘rqmaydi. Ularga ters boqadi. Yengil shamollar insonga yuzma-yuz borib, u tomon bemalol esa olishining o‘zi inson uchun sharmandali holatdir. Ammo bo‘ronga tik boqib, shamollarga ters qarash uchun inson har taraflama tayyor bo‘lishi darkor. Go‘yo har kun esadigan shamol bizga umrning shamoldek tez o‘tib ketayotganini, vaqti-vaqti bilan turadigan bo‘ronlar Qiyomat oldidagi sur ovozining aks sadosini eslatadi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Audio versiyasini tinglash

Hayotida qing‘irlik bo‘lmagan insongina har qanday bo‘ronga bardosh beradi. Chunki u bo‘rondan so‘ng Tangri oldida qanday turishni ham o‘rgangan, bunga puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘ladi. Olloh taolo barchalarimizni ana shunday bandalaridan qilsin.

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid