Mağlubiyatga sabr qilişdan köra ğalabaga sabr qiliş muşkulroqdir.
Agar inson örta hisobda sakson yil umr körsa, şuning uçdan birini ham ğolib holda ötkazişi dargumon. Garçi şunday bölgan taqdirda ham umrining qolgan ikki qismini mağlublikda ötkazişi rost. Nega şunday?
Youtube'da köriş
Audio versiyasini tinglaş
Hunarmand öz mahsulotining qança vaqt xizmat qilişini, vazifasiga köra unga nima mumkin-u, nimalar mumkin emasligini yaxşi biladi. Çunki u şu mahsulotning ijodkoridir. Olloh taolo Özining san'at namunalari bölmiş biz insonlarni juda yaxşi biladi. Bizga nima mumkin, nimalar mumkin emas, imkoniyat darajamiz qança – bu bizni yaratgan Zotga ayon. Tajriba şuni körsatadiki, inson ğoliblikdan köra mağlublikka munosib xilqat.
Inson unutuvçidir. U nimadan yaralganini, kimligini tez unutib qöyadi. Şuning uçun ham uning ğoliblikka toqat qilişi qiyin. Boşqaça aytganda, ğoliblik insonga yot narsa. Mağlublik esa insonning bir bölagi. Inson zaif narsadan – bir tomçi suvdan yaraldi. Tuğilib, oyoqqa turgunça eng zaiflar –mağlublar qatorida böladi. Örtada bir muddat özini tetikdek tutgan bu inson ozgina vaqtdan keyin yana zaiflik – mağlublik amriga taslim böladi. Joni uzilgaç, qabrga – Yer qa'riga zaif, mağlub holda kömiladi. Mağlublik bandasiga xos xislat. Olloh öz bandasiga muvofiq holatni biluvçi Zot. Demak, özimizga yaraşadigan narsaga da'vogarlik qilişimiz töğri işdir.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















