Aslida, biz odam bolalari kuçli böron ostida – Odam Ato yovuz şaytonga aldanib, Tangriga itoatsizlik qilgan çoğida dunyoga kelganmiz. Dunyodagi ilk va eng qaltis xato edi u.
Böronni körgan inson agar özining Hazrati Inson ekanini tan olsa, şamollardan – şayton bolalaridan qörqmaydi. Ularga ters boqadi. Yengil şamollar insonga yuzma-yuz borib, u tomon bemalol esa olişining özi inson uçun şarmandali holatdir. Ammo böronga tik boqib, şamollarga ters qaraş uçun inson har taraflama tayyor bölişi darkor. Göyo har kun esadigan şamol bizga umrning şamoldek tez ötib ketayotganini, vaqti-vaqti bilan turadigan böronlar Qiyomat oldidagi sur ovozining aks sadosini eslatadi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Audio versiyasini tinglaş
Hayotida qinğirlik bölmagan insongina har qanday böronga bardoş beradi. Çunki u börondan söng Tangri oldida qanday turişni ham örgangan, bunga puxta tayyorgarlik körgan böladi. Olloh taolo barçalarimizni ana şunday bandalaridan qilsin.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















