O‘zbekiston | 10:33 / 08.01.2019
5120
5 daqiqa o‘qiladi

«Chinozyo‘lindustriya» «O‘zbekiston temir yo‘llari» balansiga beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Chinozyo‘lindustriya” unitar korxonasi binolari va inshootlarini va unga tegishli bo‘lgan hududi bilan balans qiymatida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ balansiga berilishi haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati xo‘jalik sudining «Chinozyo‘lindustriya» UKga nisbatan 11.05.2017 yildagi ajrimi bilan 12 oyga tashqi boshqaruv kiritish orqali bankrotlik protsedurasini amalga oshirish boshlangan;

Toshkent viloyati xo‘jalik sudining 29.06.2018 yildagi ajrimi bilan tashqi boshqaruv   protsedurasi 6 oyga uzaytirilgan.

Hujjat bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning, Avtomobil yo‘llari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasining, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasining hamda «Chinozyo‘lindustriya» UK kreditorlari majlisining:

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Chinozyo‘lindustriya» UKning kreditorlik qarzlari kreditorlar reyestriga muvofiq to‘la hajmda to‘lanishi to‘g‘risidagi;

«Chinozyo‘lindustriya» UKda bankrotlik protsedurasi  yakunlanganidan so‘ng  «Chinozyo‘lindustriya» UKni chegaradosh hududi bilan mulkiy majmua sifatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ustav kapitalida davlat ulushini oshirish hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ustav kapitalini  «Chinozyo‘lindustriya» UK aktivlarining balans qiymati mablag‘iga teng miqdorda oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radilar.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ:

qabul qilinayotgan mulkiy majmua bazasida «Ko‘prikqurilish» tresti UK tarkibida temir-beton oraliq qurilmalari ishlab chiqarishni  tashkil etishni ta'minlaydi;

2019 yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    2017 yil 4 oktyabrdagi “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish, hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3309 – sonli qaroriga muvofiq, qabul qilinayotgan obekt bazasida investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda jahon standartlariga  javob beradigan yuqori texnologiyali temir-beton mahsulotlari  va konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratishni ko‘zda tutadi.

Xomashyo bazasini yaratish maqsadida quyidagilar ta'minlanadi:

O‘zbekiston Respublikasi  geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan  tartibda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Ko‘prikqurilish» tresti UK talabnomalari bo‘yicha noruda foydali qazilmalarga ega yer maydonlaridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalarni berish;

«Chinozyo‘lindustriya» UKdan o‘tkazilayotgan ishlab chiqarish maydoni hududidagi yer qa'ri uchastkalaridan foydalanayotgan xo‘jalik sub'yektlarining litsenziyalari amal qilish muddati tugashi bilan, ushbu maydonlarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Ko‘prikqurilish» tresti UK  uchun  litsenziyalarni rasmiylashtirish;

Toshkent viloyati xokimligi tomonidan tegishli yer maydonlarini ajratish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi birgalikda, istisno tartibida, «Ko‘prikqurilish» tresti UKga tender savdolari o‘tkazmasdan «Xavfsiz daryo» DUK bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan daryo o‘zanini tozalash uchun maydon ajratish.

Toshkent viloyati hokimligi:

bir oylik muddatda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning talabnomasi bo‘yicha yer maydonini biriktirish va amaldagi kommunal xo‘jaligining muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish bo‘yicha tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishni ta'minlaydi;

31.12.2018 yilgacha muddatda «Chinozyo‘lindustriya» UKdan ilgari begonalashtirilgan yer maydonlarini hokimlik zaxirasiga qaytarishni va bosqichma-bosqich «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga o‘tkazishni ta'minlaydi.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid