Jahon | 00:00 / 09.01.2019
39966
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoning “mast holda” tushgan suratiga izoh berildi

Ukrainalik jurnalist Yuriy Butusov Facebook’da Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2015 yildagi harbiy tadbirdan olingan suratda “mast hol”da ko‘ringaniga tushuntirish berdi.  

“Poroshenkoning yuzi boshqa sababga ko‘ra qizil bo‘lgan. Telejurnalistlar buni ko‘rishmagan, chunki ularni otish mashqlari o‘tkazilgan maydonchaga kiritishmagan”, deb yozgan Butusov. 

Uning aytishicha, u kamerasiz bo‘lgani sabab poligonga kira olgan. Jurnalistning ma'lum qilishicha, o‘sha kuni Poroshenkoga snayper miltig‘i namoyish qilingan va undan otib ko‘rish taklif qilingan. Biroq prezident miltiq otish vaqtida orqaga qattiq urishidan ogohlantirilmagan. Oqibatda Ukraina rahbari “optik nishonga olgichga ko‘zini qo‘yib turib o‘q uzganda ko‘zidan qattiq zarba olgan”.

Shunga qaramay, Poroshenko shikastlangan yuzini boshiga kepka kiyib berkitib, matbuot vakillari bilan uchrashishga rozi bo‘lgan. 

Mavzuga oid