O‘zbekiston | 16:19 / 10.01.2019
19498
2 daqiqa o‘qiladi

Notarial xizmatlar yangi tartibda ko‘rsatiladi

Foto: Depositphotos

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaning yangi tahriri tasdiqlandi.
 
Norma xabariga ko‘ra, mazkur hujjatning ilgari amal qilgan tahriri o‘z kuchini yo‘qotdi.
 
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 25.05.2018 yildagi PQ–3741-son qarorida nazarda tutilgan notarial xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi yangiliklar joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 
 
Qabul qilingan hujjat bilan notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalari va ularning ayrim turlari uchun belgilangan qoidalar tartibga solingan («Notariat to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi). Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan shaxslarning shu yerda yangi qurilgan uy-joy xarid qilishiga doir bitimlarni notarial rasmiylashtirish tartibi belgilandi.
 
Fuqarolarning poytaxt va poytaxt mintaqasidagi yangi qurilgan uy-joylarni oshirilgan narxlarda xarid qilishiga doir bungacha amal qilgan cheklovlar bekor qilindi. Endi fuqarolar o‘rtasida tuzilgan bitimlar summalari hisobga olinmaydi. O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida propiska qilingan xorijliklar Toshkent va Toshkent viloyatidagi uy-joylar uchun 3 300 EKIH to‘lashlari kerak bo‘ladi.
 
Hujjatning yangi tahririda ushbu jihatlar ham o‘z aksini topgan. 
 
Ma'lumot uchun. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash tartibi Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan.

Hujjat 5.01.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid