Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Kubogi. «Barselona» «Levante»ga yutqazdi
Foto: Getty Images
Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Barselona» «Levante» mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida yutqazib qaytdi.
O‘yinning 4-daqiqasidayoq mezbonlar himoyachisi Erik Kabako hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalarida Borxa Mayoral valensiyaliklarning ustunligini oshirdi. Ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar o‘yin oxirida Denis Suaresga ishlatilgan fol uchun belgilangan penaltini Filippe Koutino aniq ijro etishi evaziga hisobni qisqartirishdi.
1/8 final doirasida «Barselona» — «Levante» o‘rtasida javob uchrashuvi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Katalonlar turnirning amaldagi g‘olibi sanaladi. O‘tgan yili Valverde shogirdlari finalda «Sevilya»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgandi.
Ispaniya Kubogi
Yarimfinal
Levante – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Kabako, 2:0 – 18 Mayoral, 2:1 – 85, penalti Koutino.
Levante – Fernandes, Kabako, Rodriges (Djyeyson, 69), Postigo, Koke, Kampanya, Prtsich, Rochina (Dukure, 75), Saymon, Mayoral, Boateng (Morales, 62).
Barselona – Sillessen, Miranda (Serdji Roberto, 46), Brandaris (Langle, 58), Murilo, Nelson Semedu, Koutino, Vidal, Dembele, Alenya, Malkom (Denis Suares, 67), Buskets.
Ogohlantirishlar: Murilo (22), Alenya (39), Prtsich (41), Brandaris (43), Kabako (49), Buskets (74), Mayoral (90).
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026