Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandadagi avtohalokatda 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi
13 yanvarda Ugandaning Pakvach okrugida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda New Vision nashri ma'lum qildi.
Guvohlarning aytishicha, 30 ga yaqin odamni olib ketayotgan yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, yo‘ldan chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan.
Mahalliy politsiya vakili Jozefin Angusia avtohalokatda 14 kishi halok bo‘lganini, ulardan ko‘pchiligi ayollar ekanini tasdiqlagan.
Uning aytishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki jarohatlanganlar shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 23.05.2026
O‘smir svetoforda ham to‘xtamagan: Qo‘qondagi mudhish avtohalokat tafsilotlari
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
20:28 / 18.06.2025