Samarqandning markaziy köçalarida tungi vaqtda tezlikni oşirib harakatlangan Lacetti içida içki işlar organi xodimlari bölgan “Nexia-3”ga borib urilgan. Natijada xizmat vazifasini ötayotgan xodimlardan biri vafot etgan.
Kun.uz’ga taqdim etilgan videoda 2026 yil 26 aprel kuni soat 01:30 lar atrofida Samarqand şahri Ibn Sino köçasida “Lacetti” katta tezlikda harakatlangani aks etgan.
Manbaga köra, oradan bir neça daqiqa ötib, aynan şu avtomobil Böstonsaroy va Uluğ Tursunov köçalari çorrahasida yöl-transport hodisasiga uçragan. “Lacetti” yöldan qayrilib olayotgan “Nexia-3” bilan töqnaşgan.
Aytilişiça, “Nexia-3”da ikki nafar post-patrul xizmati xodimi bölgan. Ulardan biri - 1998 yilda tuğilgan Doston Qöziyev oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib ketilgan va keyinçalik vafot etgan.
Videoda aks etgan holatlar va manba ma’lumotlariga köra, tungi soat 00:00 dan keyin Samarqand köçalarida yuqori tezlikda harakatlaniş deyarli odatiy holga aylangan. Ayni holatda ham “Lacetti”da tört nafar yoş yigit bölgani, haydovçining esa guvohnomasi bölmagani taxmin qilinmoqda.
Manba şuningdek, uşbu vaziyatda “Nexia-3” aybdor sifatida körsatilişi mumkin bölsa-da, “Lacetti”ning yuqori tezlikda harakatlangani kuzatuv kameralarida qayd etilganini ta’kidlamoqda.
Hodisa yuzasidan viloyat yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi axborot xizmati munosabat bildirib, “Nexia-3” haydovçisi çapga buriliş vaqtida töğri yönalişda kelayotgan “Lacetti”ga yöl bermaganini ma’lum qilgan. Töqnaşuv oqibatida “Lacetti”da yonğin kelib çiqqan va u FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarda har ikki avtomobildagi jabrlanganlar şifoxonaga murojaat qilgani aytilgan.
Keyinçalik viloyat içki işlar boşqarmasi Doston Qöziyevning vafot etganini Kun.uz’ga tasdiqlab, hodisa u xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda sodir bölganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 25 fevral kuni Toşkent şahri Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov BMW boşqaruvida yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi. Inspektor keyinçalik olgan oğir jarohatlari oqibatida vafot











