O‘zbekiston Mudofaa vaziriga general-leytenant harbiy unvoni berildi
O‘zbekiston Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Bugun, 14 yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
22:43 / 23.11.2024
Azizov Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
19:15 / 23.11.2024
DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba
13:48 / 04.10.2024