Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Donbassdagi urush bo‘yicha o‘z taxminini bildirdi
Foto: www.russianlook.com
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Donbassdagi mojaroni muzlatib qo‘yish xavfini uzoq o‘n yilliklarga baholadi. Bu haqda u AiF.ru’ga bergan intervyuda aytib o‘tdi.
«Bu Kiyevga bog‘liq, u yerdagi hokimiyat tepasida urush partiyasi bo‘lishiga aloqador. Bunday holda, mojaroning tugashiga bo‘lgan imkoniyatlar yo‘q. Aksincha, agar tinchlik va diplomatiya partiyasi bo‘lsa, unda imkoniyat ham yuzaga keladi», - dedi u.
Kreml vakilining qo‘shimcha qilishicha, ayni damda Ukraina siyosiy maydonida muammoga «keskinlashuv emas, balki muloqot yo‘li bilan» yechim topishga chaqiruvchi ovozlar yo‘qdir. «Ishlar haqiqatdan ham juda yomon ahvolda», - degan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiya bilan urush ehtimoli baholangandi.