Ukrainada Rossiya bilan uruş xavfi jiddiy emas, deb baholanmoqda. Bu haqda Ukraina taşqi razvedka faxriysi, general-leytenant Vasiliy Bogdan «Fakti» naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Ukrainadagi prezidentlik saylovlariga qadar davlatlar örtasida heç qanday uruş bölmaydi, sababi Kreml mamlakat siyosiy vektori Yevropadan Rossiya tomonga özgarişiga umid qilmoqda. Şunga qaramay, general-leytenant hattoki saylovlardan söng ham keng kölamli uruş yuz berişiga işonmayapti. «[Rossiya prezidenti] Putin Ukraina oson ölja emasligini allaqaçon anglab yetgan», - deya öz pozitsiyasini tuşuntirdi mutaxassis.
Uning ta'kidlaşiça, Kiyev nafaqat Moskvadan, balki Minsk tomondan ham hujum yuz berişini kutmoqda. «Kreml Belarusni yutib yuborişga harakat qilmoqda, şuning uçun Ukraina hozir qöşni Belarus bilan çegarani himoya qilişga katta e'tibor beryapti», - dedi Bogdan.
Harbiy ekspert ma'lumotiga köra, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Donbassni Ukraina nazoratiga qaytariş rejasini tayyorlagan. Kiyev harbiy operatsiya imkoniyatini körib çiqadi, ammo diplomatik vositalar bilan kelişişga umid qiladi. Şu bilan birga, u bu mintaqada hujumni boşlaş uçun şaroitlar haqidagi savolga javob bermadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan 40ta kelişuvni bekor qilişga tayyorlanayotgani xabar berilgandi.












