Oila qonunchiligida o‘zgarishlar kutilmoqda: nikoh yoshi, ajrimlar, ishonchnoma...
Jamiyat o‘zgarayotgani va globallashuv jarayoni ketayotgani sabab O‘zbekistonda qonunlarning eskirib borayotgani tobora sezilmoqda. Shu jumladan, bugungi kunda oilaga taalluqli qonunchilikning ham eskirgani ko‘zga tashlanmoqda. 16 yanvar kuni Xalqaro Press-klubning "O‘zbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli yechimlar" sessiyasi doirasida shu haqida so‘z yuritildi. Unda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri shu haqida xabar berdi.
"Vazirlar Mahkamasi qoshidagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etilganida zamonaviy oila qanday bo‘lishi kerakligi hamda unga qo‘yilgan talablar qanday ekanligiga doir savollar ustida ishlash jarayonida shunga amin bo‘ldikki, Oila kodeksiga ham, Mehnat kodeksiga ham o‘zgartirishlar kiritish kerak. Birinchi navbatda nikoh yoshi nuqtai nazaridan yigit va qizlarga bir xil yosh - muomalaga layoqatli bo‘lgan 18 yoshdan etib belgilash masalasi bo‘yicha taklif bilan chiqyapmiz. Bundan tashqari, olib borilayotgan qator ishlarga qaramay, ajrimlar masalasi juda katta muammoga aylangan. Hozircha ajrimlar keskin kamayishiga erisha olmayapmiz. Biroq ularni tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘pincha uchinchi tomon aralashuvi bilan ajrimlar yuz berayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shuning uchun biz uchinchi tomon aralashganda oila buziladigan bo‘lsa, qandaydir chora ko‘rish masalasini ham qonunlarga o‘zgartirish sifatida kiritmoqchimiz", - deydi Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p fuqarolar chet ellarga ishlashga ketishi natijasida ularni ishonchnoma orqali ajratish holatlari ham ko‘p kuzatilmoqda, 2019 yilda buni bekor qilish masalasini kiritish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024