Sergeliga olib boruvchi pulli yo‘l qurish taklif qilindi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yo‘ldan sutkasiga 90 ming dona yengil avtomobil o‘tishi va kamida 12 kishi doimiy ish bilan ta'minlanishi mumkin.
Xalq deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Shavkat Xalilov Kichik halqa yo‘lidan Sergeli tumani Anna Axmatova va Fayzli ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan 4,65 kilometr masofaga 6 polosali pulli yo‘l qurish taklifini berdi. Bu haqda “Narodnoye slovo” nashri xabar bermoqda.
Deputatning fikricha, hozirgi kunda Sergelidagi bu kesishma va Yakkasaroy tumanidagi Cho‘pon ota hamda Kichik halqa yo‘li kesishmalarigacha bo‘lgan yo‘l juda tirband bo‘lib qolmoqda va o‘ndan ortiq svetoforlar tufayli uni bosib o‘tishga ko‘pincha bir soatdan ortiq vaqt sarflanmoqda.
Svetoforlarsiz va tirbandliklarsiz bo‘lishi kutilayotgan 6 polosali pulli yo‘l masalaning oqilona yechimi bo‘lishi mumkin. Chunki bu yo‘l o‘tishi rejalashtirilayotgan hududda turar-joylar va boshqa binolar deyarli yo‘q, kompensatsiyalarga ortiqcha xarajatlar ketmaydi.
Sutkasiga 90 ming yengil avtomobil o‘tishi va ulardan ramziy 2 ming so‘mdan to‘lov undirilishi kuniga 180 mln, yiliga 65 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ yig‘ilishiga sabab bo‘ladi va bu loyihaning daromadli bo‘lishini ta'minlaydi. Daromadli loyiha esa o‘z navbatida investorlarni jalb qiladi. Bu yo‘lning ikki tomonida doimiy punktlar ishlashi kamida 12 kishining doimiy ish bilan ta'minlaydi. Shuningdek mazkur loyiha pulli yo‘llar qurishda jahon tajribasini va nihoyat O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024
Sergelida avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 oyda ozodlikka chiqdi
07:21 / 03.09.2024