Jahon | 08:58 / 17.01.2019
6266
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey barcha partiyalarga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: REUTERS TV

Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish jarayonidan so‘ng ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya siyosiy kuchlari Brexit munosabati bilan birlashishi hamda harakat variantlarini muhokama qilishi kerak. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya parlamentida vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berilgani xabar qilingandi. Ovoz berish jarayoni tashabbuskoriga muxolifat yetakchisi Jyeremi Korbin aylandi.

Mey hukumati parlament ishonchini yana bir bor saqlab qolgach, bosh vazir Korbin Brexit bo‘yicha munozaralarda ishtirok etishni emas, balki ishonchsizlik votumi bilan chiqishni afzal ko‘rganidan afsusda ekanini bildirdi. Uning qayd etishicha, «eshiklari» leyboristlar bilan muzokaralar uchun har doim «ochiq».

Uning xulosa qilishicha, shaxsiy manfaatlarni bir chekkaga surib qo‘yish vaqti kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada vazirlar mahkamasi vakolatlari cheklab qo‘yilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid