O‘zbekiston | 14:10 / 22.01.2019
21102
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq joylarda yangi oraliq bekatlar quriladi

O‘zbekistonning chekka hududlaridagi tuman va qishloqlarda yangi oraliq bekatlar quriladi. Bu haqida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov Kun.uz muxbiriga ma'lum qilgan.

Davron Dehqonov

Agentlik rahbari Toshkentdan boshqa joylar jamoat transporti, vokzal va bekatlar yetarli darajada imkoniyatlar bilan ta'minlanmaganiga to‘xtalib o‘tadi.

Davron Dehqonovning aytishicha, agentlik dasturida 2019 yildan boshlab viloyatlar kesimida hokimiyatlar bilan hamkorlikda va xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlar bilan zarur sharoitlar yaratib berilishi o‘rin olgan. Uzoq qishloqlardagi ta'mirtalab bekatlarga e'tibor qaratiladi va oraliq bekatlar mavjud bo‘lmagan joylarda esa qurilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: YouTube

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid