Qozog‘istonda mamlakat nomini o‘zgartirish taklif etildi
Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputati, «Ak jol» Qozog‘iston Demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ozod Peruashev deputatlik so‘rovini ma'lum qildi, unda mamlakat rasmiy nomini Qozoq Respublikasiga o‘zgartirish taklifi bor. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Biz hukumatga «Qozog‘iston Respublikasi» rasmiy nomini kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildik», - dedi Peruashev jurnalistlarga. Uning ta'kidlashicha, bu taklif uning fraksiyasi a'zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, «Qozog‘iston» so‘zi norasmiy suhbatda va yozishmalarda ishlatilishi mumkin. «Biz shu paytgacha ishlatib kelingan «Qozog‘iston» nomi bilan birga, rasmiy muomalaga «Qozoq Respublikasi» nomini kiritish lozimligi haqida gapiryapmiz. Bizning fraksiya fikricha, bu masala hukumat tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Peruashev.
Uning ta'kidlashicha, ko‘plab mamlakatlar tajribasi bo‘yicha respublikani uni yaratgan xalq nomi bilan atash lozim. «Biz ikki nomning parallel ishlatilishi haqida gapiryapmiz», - deya aniqlik kiritdi Peruashev. Uning fikricha, bu tarixiy adolat masalasidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston yoshlar ta'lim darajasi bo‘yicha eng yaxshi o‘n mamlakat orasidan joy olgandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024