Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaning muxolif parlamenti prezident Maduroning qarorini bekor qildi
Muxolifat nazoratida bo‘lgan Venesuela milliy assambleyasi prezident Nikolas Maduroning mamlakatning Amerika davlatlari tashkilotidan (ADT) chiqish qarorini bekor qildi.
“Bir ovozdan Venesuelaning ADTda a'zoligini davom ettirish loyihasi qabul qilinsin”, deyilgan parlamentda.
Maduro mintaqaviy tashkilotni tark etishga 2017 yil aprelda qaror qilgan. Maduro mamlakatning darhol tashkilotdan chiqishini talab qilgan, vaholanki bu jarayon 2 yil vaqt oladi va joriy yil 27 aprelda yakunlanishi lozim. Maduro bu sanani bayram sanasi deb e'lon ham qilgan. ADT Maduroning yangi prezidentlik vakolatlarini tan olmayapti.
Shuningdek, parlament mamlakatning ADTdagi maxsus vakilini tayinlagan, u mamlakatning tashkilotda a'zoligi davom etishini kafolatlaydi. Bu lavozimni sobiq deputat va advokat Gustavo Tarre Briseno egallagan.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026